“Dolzarb 90 kun”: Hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri haqida fikr almashildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida 30-iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda poytaxtimizdagi “Qumbiz ovul” va “Ko‘k o‘zak” mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli M.Urazova, fakultet dekanati vakillari, tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar dunyo mamlakatlarida tegishli tartibda profilaktik va huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilishiga qaramasdan har yili millionlab odamlar odam savdosi qurboniga aylanib qolayotganligi, ular orasida ayollar, keksalar, hatto bolalar ham borligi kimni bo‘lmasin o‘ylantiradigan holat ekanligi haqida ta’kidladi.

Odam savdosi jabrdiydasiga aylanib qolmaslik uchun huquqiy bilim va ko‘nikmalarni oshirishning ahamiyati haqida hayotiy misollar bilan ma’lumotlar berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.