“Dolzarb 90 kun”: Oliy ta’lim muassasalari talabalari va mahalla yoshlari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti futbol stadionida mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida futbol bo‘yicha talabalar va mahallalar yoshlari o‘rtasida sport musobaqalari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.
Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari poytaxtimiz mahallalaridan kelgan yoshlar bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib, sport mahoratlarini sinab ko‘rdi va o‘zaro tajriba almashdi.
Institutda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
