Talabalar kibersport bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan talaba-yoshlarning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kibersport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada fakultet talabalari “Counter-Strike” bo‘yicha jamoalarga bo‘lingan holda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Institutda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.