“Dolzarb 90 kun”: Axborot-resurs markazida “Bo‘lajak pedagog” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida talaba-yoshlarning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Bo‘lajak pedagog” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda Maktabgacha ta’lim fakulteti tyutorlari boshchiligidagi bir guruh talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda axborot-resurs markazi direktori G.Jiyemuratova so‘zga chiqib, “Dolzarb 90 kun” doirasida institutda yoshlarni kitobxonlikka yo‘naltirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng kutubxonachi N.Jabbarbergenova ishtirokchilarga “Bo‘lajak pedagog” tanlovining ahamiyati haqida so‘zlab, shartlari bilan tanishtirdi.

Tanlovda ishtirokchilar o‘zlari o‘qigan badiiy asar yoki o‘quv adabiyotlarining mazmunini pedagogik va notiqlik mahorati bilan yetkazib berishga harakat qildi.