NukusDPI metodisti Yerniyaz Qasimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi etib saylandi

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi huzuridagi Yoshlar parlamenti va uning faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti Yerniyaz Qasimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi etib saylandi.
Prezidium qarori asosida Yoshlar parlamenti a’zolari “ustoz-shogird” dasturi asosida deputatlarga biriktirildi.
Unga ko‘ra, institutimiz metodisti Yerniyaz Qasimov 41-“GRES” saylov okrugidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga deputat Tatlimurat Atamuratovga biriktirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.