Institutda “Kino kuni” tadbiri tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabalari va institut atrofidagi mahallalardagi yoshlarning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Boshlang‘ich ta’lim fakulteti tomonidan “Dolzarb 90 kun”, shuningdek, 30-iyul – Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Kino kuni” tadbiri tashkil etildi.

Yoshlarning madaniy hordiq chiqarishini ta’minlashga qaratilgan ushbu tadbirda yurtimiz kino san’ati ustalari tomonidan tayyorlangan “Vatan”, “Adolat” kinofilmlari talabalar va mahalla yoshlari e’tiboriga havola etildi.

Institutda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.