NukusDPI talabasi para taekvondo bo‘yicha xalqaro musobaqada ishtirok etdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi, para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Otabek Amatov Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida bo‘lib o‘tgan “World Para Taekwondo Open Challenge” xalqaro musobaqasida ishtirok etdi.
Otabek Amatov 80 kilogramm vazn toifasida o‘zining jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratini namoyish etishga harakat qildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, ushbu xalqaro musobaqada dunyoning 27 mamlakatidan jami 158 ta sportchi ishtirok etdi.
Umumiy 10 vazn toifasi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 18 ta sportchisi dayangga ko‘tarilib, umumiy 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.