Talabalar chet el yozuvchilarining kitoblari bilan tanishdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida talabalarning yozgi ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni kitobxonlikka yo‘naltirish maqsadida “Chet el yozuvchilarining kitoblari bilan tanishish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markazning xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda bo‘lim boshlig‘i R.Amanbayeva Tabiiy fanlar fakulteti talabalari va tyutorlariga jahon adabiyotining eng mashhur asarlari, ularning mualliflari bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda talabalar bilan hamkorlikda shunday mashhur asarlarni o‘qib borish orqali yoshlarning dunyoqarashini yuksaltirish, ularni ilm-fanga, ta’lim olishga yo‘naltirishda bu kabi tadbirlarning ahamiyati yuqori ekanligi ta’kidlandi.
