“Dolzarb 90 kun” doirasida “Kitobxon yoz – 2025” tanlovi o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida “Kitobxon yoz – 2025” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari, shuningdek, institut atrofidagi mahallalarning qiziquvchi yoshlari ishtirok etdi.
Mazkur tanlov talabalar va mahalla yoshlarining yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish, ularni kitobxonlikka yo‘naltirish, shuningdek, yoshlarning o‘zaro do‘stona munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
