“Dolzarb 90 kun” doirasida “Mening O‘zbekistonim” va “Men sevgan asar” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkaziladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida “Mening O‘zbekistonim” va “Men sevgan asar” mavzusida videoroliklar tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlov ikki bosqichda:

– Birinchi bosqich joriy yilning 30-iyul kuniga qadar fakultetlar miqyosida;

– Ikkinchi bosqich joriy yilning 1-10-avgust kunlari oralig‘ida institut miqyosida o‘tkaziladi.

Tanlovda institutda o‘qiyotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

Talabalarning ijodiy ishlari joriy yilning 25-iyul kuniga qadar (shu kuni ham) fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi.

Tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlar fakultetlarda tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan tanlab olinadi va g‘olib deb topilgan ishlar institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etiladi.

Institut bosqichiga taqdim etilgan videoroliklar Ishchi guruh a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi va g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlovning institut bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar rektorat tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlaridan olishingiz mumkin.

NukusDPI matbuot xizmati.