“Dolzarb 90 kun”: Xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida talabalar va institut atrofidagi mahallalar yoshlarining yozgi ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida bir nechta to‘garaklar faoliyat olib bormoqda.
Xususan, Chet tillari fakultetida rus va ingliz tillari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilib, til o‘rganishni maqsad qilgan yoshlar uchun tajribali professor-o‘qituvchilar, shuningdek, to‘garak rahbarlari tomonidan darslar o‘tkazilmoqda.
Institutda “Dolzarb 90 kun” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
