NukusDPI talabalari “EkoOromgoh – 2025” o‘quv seminarida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘ldi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti bitiruvchi kurs talabasi Durdona Tolibayeva hamda Tarix fakulteti 3-kurs talabasi Jasurbek Nurullayev O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Toshkent viloyatida tashkil etilgan “EkoOromgoh – 2025” o‘quv seminarida ishtirok etib qaytdi.

Ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari davomida ishtirokchilar ekologik innovatsiyalar, chiqindilarni qayta ishlash haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Shuningdek, o‘quv seminarida turli tanlovlar, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.

Institutimiz talabalari tadbir doirasida o‘tkazilgan “Munozara” intellektual o‘yinida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.