NukusDPIda ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun o‘tkaziladigan imtihonlar jadvali tasdiqlandi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yiliga qabul jarayonida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun o‘tkaziladigan imtihonlar jadvali tasdiqlandi.
Jadval asosida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun mutaxassislik fanlaridan imtihon 2025-yilning 21-iyul kuni soat 08:30 da, majburiy fanlardan imtihon shu kuni soat 15:00 da o‘tkazilishi belgilandi.
Abituriyentlar uchun maslahat darslari 2025-yil 19-iyul kuni soat 09:00 va 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Imtihonlar va maslahat darslari Nukus shahri P.Seytov ko‘chasi raqamsiz binoda joylashgan institutning 5-sonli o‘quv binosida (Pedagogika fakulteti) o‘tkaziladi.
Quyidagi havola orqali ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun mutaxassislik fanlari, majburiy fanlar va maslahat darslarining jadvalini PDF formatda yuklab olishingiz mumkin.
NMPI kózi ázzi abiturientler ushın imtixanlar (qánigelik pánler)
NMPI kózi ázzi abiturientler ushın imtixanlar (májbúriy pánler)
NMPI kózi ázzi abiturientler ushın másláhát sabaqları
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash kerak, abituriyentlar imtihonga pasport (ID-karta) va abituriyent qayd varaqasini o‘zi bilan olib kelishi shart.
Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar imtihonga kiritilmaydi va keyingi imtihonga yuborilmaydi.
NukusDPI matbuot xizmati.