NukusDPI talabasi Jasurbek Nurullayev O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazining rasmiy elchisi etib tayinlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti 3-kurs talabasi Jasurbek Nurullayev O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining rasmiy elchisi etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, mazkur markaz nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining 2017-yil 9-iyunda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Loyihaning bosh maqsadi SHHT makonidagi xalqlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, madaniy hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida mintaqaviy muloqotni chuqurlashtirishdan iborat.

Institutimiz talabasi Jasurbek Nurullayev markazning rasmiy elchisi bo‘lish orqali yosh va iqtidorli lider sifatida talabalar hamda yoshlar orasida SHHT g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga mas’ul bo‘ladi.

NukusDPI matbuot xizmati.