Iste’dodli shoir Allayar Darmenov bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakultetida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmalari a’zosi, iste’dodli shoir, institutimiz tayanch doktoranti Allayar Darmenov bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda fakultetning “Mushoira” klubi a’zolari, she’riyatga qiziquvchi talabalar, shuningdek, institut atrofidagi mahallalar yoshlari ishtirok etdi.
Tadbirda shoir o‘zining yoshligidan she’riyatga bo‘lgan qiziqishining paydo bo‘lishi, adabiyot maydoniga kirib kelishi, ilk yozgan she’rlari haqida so‘zlab, bugungi kunda qoraqalpoq, o‘zbek va qardosh xalqlar, shuningdek, jahon adabiyotining o‘zaro aloqalari, yutuq va muammolari, she’riyatda “ustoz-shogird” an’analarining ahamiyati haqida ishtirokchilar bilan fikr almashdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
