NukusDPI talabasi Kumisay Qizilbayeva sport musobaqasida 24 million so‘m g‘olibasi bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Taxtako‘pir tumanidagi “Qaratereng” ekoturizm majmuasida “Barchamiz birdam – Vatan mustahkam!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.
Ahamiyatli jihati, tadbir doirasida o‘tkazilgan sport musobaqasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Kumisay Qizilbayeva boshchiligidagi “Orol” jamoasi 1-o‘rinni egallab, g‘olib bo‘ldi va vaucher, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.