Talabalar yozgi oromgohi: NukusDPI jamoasi tomonidan bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, “Dolzarb 90 kun” doirasida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida “Talabalar yozgi oromgohi” tashkil etildi.
Bugun, 22-iyul kuni institut jamoasi tomonidan talabalarning dam olishi bilan birga, ularning intellektual salohiyatini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Oromgohda dam olayotgan yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan otish sporti bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, harbiy qurol-yarog‘ va asbob-uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
