Oromgohda yoshlar o‘rtasida sport va o‘yin turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi

Xabaringiz bor, “Dolzarb 90 kun” doirasida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida “Talabalar yozgi oromgohi” tashkil etildi.
Bugun, 22-iyul kuni institut jamoasi tomonidan talabalarning dam olishi bilan birga, ularning intellektual salohiyatini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Institut Jismoniy madaniyat fakulteti hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari rahbarligida oromgohdagi talaba-yoshlar uchun shaxmat-shashka, shuningdek, “Kartoshka” va “Mafiya” kabi ko‘ngilochar o‘yinlar o‘tkazildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
