Yoshlar yozgi oromgohda maroqli dam olmoqda

Xabaringiz bor, “Dolzarb 90 kun” doirasida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida “Talabalar yozgi oromgohi” tashkil etildi.
Bugun, 22-iyul kuni institut jamoasi tomonidan talabalarning dam olishi bilan birga, ularning intellektual salohiyatini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Institutning musiqa ta’limi kafedrasi tomonidan iqtidorli talabalar ijrosidagi jo‘shqin qo‘shiqlarga yoshlar raqsga tushib, ko‘tarinki kayfiyatda dam olmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
