Talabalar yozgi oromgohida kitobxon yoshlar uchun badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Xabaringiz bor, “Dolzarb 90 kun” doirasida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida “Talabalar yozgi oromgohi” tashkil etildi.

Bugun, 22-iyul kuni institut jamoasi tomonidan talabalarning dam olishi bilan birga, ularning intellektual salohiyatini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Institut axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan oromgohda badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kitobxon yoshlar markaz a’zoligiga yozilib, o‘zlari qiziqib o‘qiydigan kitoblarni olib mutolaa qilmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.