Talabalar yozgi oromgohi: Chet tillarini o‘rganishni xohlovchi yoshlar uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, “Dolzarb 90 kun” doirasida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida “Talabalar yozgi oromgohi” tashkil etildi.
Bugun, 22-iyul kuni institut jamoasi tomonidan talabalarning dam olishi bilan birga, ularning intellektual salohiyatini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Chet tillari fakulteti tomonidan xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish bildirgan talaba-yoshlar ishtirokida seminar o‘tkazilib, professor-o‘qituvchilar tomonidan amaliy ko‘nikmalar, yoshlar uchun foydali maslahatlar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
