Rektor institutning xalqaro brendini yaratish bo‘yicha loyihalarini taqdim etdi

Bugun, 23-iyul kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori Alisher Ubbiyev rahbarligida apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab joriy masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli prorektorlar, bo‘lim boshliqlarining axborotlari tinglandi.

Shundan so‘ng rektor institutni 2030-yilgacha har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan strategiya loyihasini taqdim etdi va uni yanada takomillashtirish maqsadida barcha bo‘limlar, kafedralar hamda fakultetlarning takliflarini o‘rganish, bu jarayonga xalqaro ekspertlarni jalb qilish masalasini ko‘tardi.

Xususan, institutda ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, QS, THE kabi nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining “TOP-1000”talik ro‘yxatiga kirish, ingliz tilidagi dasturlarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlari geografiyasini kengaytirish, xalqaro akademik integratsiya, raqamli integratsiyani takomillashtirish, ilmiy darajani oshirish, grantlar, stajirovkalar, xalqaro konferensiyalar, shu bilan birga, ilmiy-innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, o‘quv dasturlarini optimallashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlik tashkilotlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, xorijiy tillarda faoliyat yuritadigan va institut haqida to‘liq ma’lumotlar jamlangan onlayn platforma ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar keng muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.