Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova talabalar yozgi oromgohidagi sharoitlar bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish, muammolarni aniqlab, joyida amaliy yechimlar berish maqsadida tashkil etilgan Respublika komissiyasi a’zosi Dilnozaxon Kattaxonova Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida faoliyat yuritayotgan “Talabalar yozgi oromgohi”ga tashrif buyurdi.
Bu yerda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sport, intellektual o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarga qamrab olish maqsadida tashkil etilayotgan turli tadbirlar, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Ta’tilga kelgan talaba-yoshlar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlari, kelgusi rejalari haqida fikr almashdi va takliflarini tingladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
