“Dolzarb 90 kun”: Talabalar yozgi oromgohida millatlararo totuvlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida tashkil etilgan “Talabalar yozgi oromgohi”da “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Turkiy tillar fakulteti tomonidan talabalar o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida “Biz – bir oila farzandlarimiz!” nomli uchrashuv kechasi o‘tkazildi.

Tadbirda dotsent Qabil Mambetov millatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlik, o‘zaro do‘stona munosabatlarning ahamiyati haqida ma’lumotlar berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.