Psixologik trening yoshlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida tashkil etilgan “Talabalar yozgi oromgohi”da “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Institutning xotin-qizlar psixologi Elmira Gulimbetova oromgohda talabalar ishtirokida psixologik trening o‘tkazdi.

Unda ishtirokchilar jamoa bo‘lib ishlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlik kabi qadriyatlarning do‘stona munosabatlardagi ahamiyati bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

NukusDPI matbuot xizmati.