Yoshlarga internet tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida tashkil etilgan “Talabalar yozgi oromgohi”da “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Fizika-matematika fakulteti tomonidan oromgohdagi yoshlar ishtirokida “Internet tarmoqlaridan xavfsiz foydalanamiz” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari – kapitan Shuxrat Uzaqbergenov hamda leytenant Atabek Xodjayev tomonidan yoshlarga internet tarmoqlaridagi turli kiber tahdidlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, onlayn faoliyat jarayonida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

NukusDPI matbuot xizmati.