Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davra suhbati va trening o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida tashkil etilgan “Talabalar yozgi oromgohi”da “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Institutning Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi tomonidan oromgohda dam olayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Atrof-muhitni muhofaza qilish har birimizning burchimiz” mavzusida davra suhbati va trening o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlar bugungi kunning dolzarb ekologik muammolari, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlar, ularning oqibatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Shuningdek, trening davomida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar bilan egallagan bilimlarini mustahkamladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
