O‘smirlar va yoshlar bilan ishlashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida tashkil etilgan “Talabalar yozgi oromgohi”da “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Institutning Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi tomonidan o‘smirlar va yoshlar bilan ishlashning dolzarb masalalari bo‘yicha talabalar bilan o‘zaro fikr almashish maqsadida suhbat kechasi o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchi yoshlarning qiziqishlari, oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida so‘z yuritilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar va zarur maslahatlar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
