Talabalar yozgi oromgohi tadbirlarida faol ishtirok etgan yoshlar taqdirlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida tashkil etilgan “Talabalar yozgi oromgohi”da “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

O‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan, g‘olib va sovrindor bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari talabalari institut rektorati tomonidan badiiy va ilmiy-ommabop yo‘nalishda yozilgan kitoblar bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng talabalar uchun jonli ovozda karaoke va “Yoshlar Party” ko‘ngilochar kechasi tashkil etilib, yoshlar maroqli dam oldi.

NukusDPI matbuot xizmati.