Yoshlar bilan ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganishning ahamiyati haqida fikr almashildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” doirasida “Talabalar yozgi oromgohi”da dam olayotgan yoshlar o‘rtasida bir qator uchrashuvlar, seminar-treninglar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Xususan, Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi yoshlar bilan suhbat kechasini o‘tkazib, ularning ta’lim olishi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi va kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirishi bo‘yicha qiziqishlari, tashabbuslarini tingladi hamda zarur maslahatlarini berdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
