Yoshlar “aql gimnastikasi”da o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” doirasida “Talabalar yozgi oromgohi”da dam olayotgan yoshlar o‘rtasida bir qator uchrashuvlar, seminar-treninglar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi tomonidan o‘tkazilgan shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
