Talabalar ishtirokida “Men sevib o‘qigan asar” tanlovi o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” doirasida “Talabalar yozgi oromgohi”da dam olayotgan yoshlar o‘rtasida bir qator uchrashuvlar, seminar-treninglar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Xususan, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Men sevib o‘qigan asar” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar o‘zlari o‘qigan adabiy va ilmiy asarlar haqida tengdoshlariga ma’lumotlar berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.