Talaba-yoshlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida tashkil etilgan “Talabalar yozgi oromgohi”da “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Institutning Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi tomonidan oromgohda dam olayotgan talabalar ishtirokida mini futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada yoshlar o‘zaro jamoalarga bo‘lingan holda o‘zlarining jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

NukusDPI matbuot xizmati.