Talabalar yozgi oromgohi tadbirlarida faol ishtirok etgan yoshlar taqdirlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida tashkil etilgan “Talabalar yozgi oromgohi”da “Dolzarb 90 kun” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
O‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan, g‘olib va sovrindor bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari talabalari institut rektorati tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shundan so‘ng talabalar uchun “Yoshlar Party” ko‘ngilochar kechasi tashkil etilib, yoshlar maroqli dam oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
