Fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar diqqatiga!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilarning o‘quv materiallarini sifatli va zamonaviy tarzda tayyorlashi uchun videodarslarni yozib olishga mo‘ljallangan, barcha talablarga javob beradigan studiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu studiya professional video suratga olish uskunalari, qulay ish stoli va interaktiv ta’lim kontentini yaratish imkoniyatlariga ega. Jumladan, xromakey texnologiyasi asosida videodarslar tayyorlash, grafika va animatsiyalar qo‘shish orqali darslar mazmunli hamda vizual jihatdan qiziqarli tarzda taqdim etilishi ta’minlanadi.

Barcha professor-o‘qituvchilarni ushbu studiya imkoniyatlaridan samarali foydalanishga chaqiramiz.

Studiya manzili: NukusDPI bosh binosi, 2-qavat IT-inkubatsiya markazi.