Talabalar va mahalla yoshlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida talabalarning yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida madaniy-ma’rifiy hamda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.
Jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan talabalar va institut atrofidagi mahallalar yoshlari ishtirokida bir nechta sport musobaqalari o‘tkazildi.
Yoshlarning o‘zaro do‘stona munosabatlarini mustahkamlash hamda sport mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan musobaqalarda ishtirokchilar shaxmat-shashka va futbol bo‘yicha o‘zlarining jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Institutda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
