Yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiradigan film premyerasi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari va yoshlar yetakchilari ishtirokida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan “DRUG DEALER” instaseriali premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, mazkur film Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va “Uzakov Production” studiyasi hamkorligida suratga olingan bo‘lib, filmda giyohvandlikning og‘ir oqibatlari, giyohvandlik mahsulotlarini tarqatuvchilarning ayanchli taqdiri aks ettirilgan.
NukusDPI matbuot xizmati.
