Faol yoshlar Toshkent shahridagi “Millat fidoyilari” monumenti xiyoboniga sayohat qildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bir guruh faol talaba-yoshlari “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Toshkent shahriga tashrifi davomida “G‘alaba bog‘i”da joylashgan “Millat fidoyilari” monumenti xiyobonida bo‘lib, mustaqillik yillarida Vatanimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, bugungidek tinch va osoyishta hayotimizni himoya qilish yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy soha hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Ushbu monumentda yurtimizning ana shunday fidoyi farzandlarining nomlari zarhal harflar bilan bitilgan bo‘lib, yoshlarimiz ushbu monumentda qayd etilgan 196 nafar harbiy soha va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining hayoti, amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Ularning so‘nmas xotirasiga hurmat bajo keltirib, gulchambarlar qo‘ydi.

NukusDPI matbuot xizmati.