NukusDPIda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan suhbat jadvali va baholash mezoni tasdiqlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkazish jadvali va baholash mezoni tasdiqlandi.

Suhbat o‘tkazish jadvali va baholash mezonini PDF formatda quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

NMPI texnikum sáwbet ótkeriw kestesi 2025-2026

NMPI texnikum sáwbet bahalaw kriteriyası 2025-2026 UZ

Eslatma: Abituriyent suhbatga o‘zi bilan birga fuqarolik pasporti (ID-karta), texnikumni tamomlaganligi to‘g‘risida hujjat va uning ilovasini olib kelishi shart. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar uchun qayta suhbat o‘tkazilmaydi.

Suhbat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi «Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 17-son qarori asosida o‘tkaziladi.

NukusDPI matbuot xizmati.