NukusDPI “Ziyoli yoshlar” klubi a’zolari intellektual teleo‘yinda g‘olib bo‘ldi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bilimli, zukko va iqtidorli talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Ziyoli yoshlar” intellektual klubi a’zolari “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida “Qoraqalpog‘iston” telekanalining “Bilimdonlar musobaqasi” intellektual teleo‘yinida ishtirok etdi.

Juda qizg‘in tarzda o‘tgan o‘yinda talabalarimiz qiziqarli va mantiqiy savollarga javob berib, o‘zlarining intellektual imkoniyatlari hamda bilimlarini sinovdan o‘tkazdi va g‘olib bo‘ldi.

NukusDPI matbuot xizmati.