NukusDPIda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar shu yilning 12-avgust kuni bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvalini PDF formatda quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

NMPI oqıwdı kóshiriw kásiplik (dóretiwshilik) imtixan keste 2025-2026

Eslatma:

1) Abituriyent imtihonga belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelishi, o‘zi bilan fuqarolik pasporti (yoki ID-kartasi) va abituriyent ruxsatnomasini olib kelishi shart.

2) Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyent imtihonga kiritilmaydi va keyingi imtihonga qo‘yilmaydi.

3) Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha imtihon topshiradigan abituriyentlar sport formasida bo‘lishi shart.

4) Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlar “Rangtasvir” fanidan akvarel bo‘yoqlari hamda mo‘yqalamlarini (kistochka) o‘zlari bilan olib kelishlari shart.

5) Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlar “Cholg‘u ijrochiligi” fanidan cholg‘u asboblarini o‘zlari bilan olib kelishi shart.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlari imtihon natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 24 soat ichida qabul qilinadi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz (https://my.uzbmb.uz/allow/transfer-study-allow) saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Eslatma: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

NukusDPI matbuot xizmati.