O‘qishini akademik mobillik asosida davom ettirish niyatida bo‘lgan talabalar e’tiboriga!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 2025-2026-o‘quv yilida akademik mobillik asosida o‘qishini o‘zlarining yashash hududidagi oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish niyatida bo‘lgan institut talabalari uchun shu yilning 11-avgust kunidan boshlab 15-sentyabr kunigacha akademik mobillik olishga arizalar qabul qilinishini ma’lum qiladi.

Akademik mobillik olish uchun quyidagi talablar belgilangan:

– O‘tgan o‘quv yilidan qarzdorligi (talabalar turar joyi, axborot-resurs markazi, kontrakt to‘lovlari va h.k.) bo‘lmasligi;

– GPA bali 2,8 va undan yuqori bo‘lishi;

– Yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summasini to‘lagan bo‘lishi (to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar uchun);

– Akademik mobillik asosida o‘qishni davom ettiradigan oliygoh bilan kelishuv tuzilgan bo‘lishi kerak.

Talabalarning murojaatlari institutning bosh binosidagi 115-xonada qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefonlar:

+998612294068

+998612294071

NukusDPI matbuot xizmati.