NukusDPIda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 12-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan institutning alohida iqtidor talab qilinadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi.

Bakalavriatning jismoniy madaniyat, musiqa ta’limi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirish niyatida bo‘lgan talabalar belgilangan jadval asosida kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.