Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
2025-2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.
1) my.uzbmb.uz sayti orqali:
– my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2) mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
– mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3) Test natijalari qaydnomasi orqali:
– test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.