NukusDPIda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun suhbat o‘tkazilmoqda

Bugun, 14-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkazish jarayoni boshlandi.
Tasdiqlangan jadval asosida, bugun bakalavriatning maktabgacha ta’lim hamda jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat o‘tkazilmoqda.
Suhbat jarayoniga institutning malakali professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan pedagoglar jalb qilinib, abituriyentlarning tayyorgarligi munosib baholanmoqda.
Shuningdek, jarayonning adolatli, ochiq o‘tishi institutning korrupsiyaga qarshi kurash «Komplayens-nazorat» tizimini boshqaruv bo‘limi mas’ullari tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, institutda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat shu yilning 15-avgust kunigacha davom etadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
