Talabalar, maktab o‘quvchilari va mahalla bolalari Ajiniyoz muzeyida

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” doirasida maktablar va mahallalar bilan hamkorlikda bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, institutning Turkiy tillar fakulteti jamoasi va talabalari tomonidan poytaxtimiz Nukus shahridagi 18-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari, shuningdek, institut atrofidagi mahallalar bolalari uchun Ajiniyoz muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari institutda qoraqalpoq adabiyotining atoqli namoyondasi Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 200 yilligi arafasida ochilgan muzeydagi eksponatlar bilan tanishib, katta taassurotlarga ega bo‘ldi.

NukusDPI matbuot xizmati.