Talabalar va mahalla yoshlari uchun sport mashg‘ulotlari tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” doirasida talabalar va mahallalar yoshlari uchun sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

Institutning Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi tomonidan talabalar va institut atrofidagi mahallalar yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchi yoshlar belgilangan shartlar bo‘yicha o‘zlarining jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.