NukusDPI talabasi Ejemaya Bazarbayeva marafonda faxrli o‘rinni egalladi

Shu yilning 16-avgust kuni poytaxtimiz Nukus shahrida respublikamiz bo‘ylab 2000 dan ortiq sportchilar ishtirokida SQB EKO YARIM MARAFONI bo‘lib o‘tdi.

Marafon ishtirokchilari 21 km, 10 km va 5 km masofalarga yugurish orqali o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Quvonarlisi, ushbu marafonda 5 km masofaga yugurish bo‘yicha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Ejemaya Bazarbayeva faxrli 2-o‘rinni egallab, tashkilotchilar tomonidan 2 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.