Maktablarda joriy etilgan yangi baholash tizimi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

Bugun, 18-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 78 umumta’lim maktabida joriy etilgan yangi baholash tizimi va ushbu tizim joriy etiladigan 156 umumta’lim maktabining direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli mutaxassislari ishtirokchilarga umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibiga bosqichma-bosqich o‘tishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.