Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media-tur tashkil etildi

Xabaringiz bor, hozirgi vaqtda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarni turar joylar va ijara uylari bilan ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Institut matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan navbatdagi media-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari ushbu ishlarning borishi bilan tanishdi.
Dastlab ishtirokchilar talabalarni turar joy va ijara uylari bilan ta’minlash maqsadida faoliyat olib borayotgan ma’lumotlar markazining ish jarayoni bilan tanishdi.
Shundan so‘ng talabalar turar joylarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari davlat-xususiy sheriklik asosida qurilish ishlari davom etayotgan smeta-loyiha qiymati 31,5 milliard so‘m bo‘lgan 500 o‘ringa mo‘ljallangan 6 qavatdan iborat yangi talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan ham tanishdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
